1 YOSHDAN 3 YOSHGACHA BOLALARNING RIVOJLANISH BOSQICHLARI

Bir yoshgacha bo‘lgan davrda bolaning jismoniy qiyofasida, nutqi va bilish jarayonlarida katta o‘zgarishlar ro‘y beradi. Uning vazni va bo‘yi sezilarli o‘zgaradi. Bola bir yoshgacha uning vazni taxminan 6 kg ga ortsa ( bir yoshli bolada vazn taxminan 9 kg bo‘ladi.) , keyingi 2 yosh davomida , ya’ni bir yoshdan uch yoshgacha uning vazni 5 kg ga ortadi.( 3 yoshli bolaning vazni taxminan 14 kg bo‘ladi.) Bola bir yoshga to‘lguncha uning gavda qismlarining nisbatida ham katta o‘zgarishlar ro‘y beradi. Uning qo‘l-oyoqlari , ayniqsa oyog‘i tez o‘sadi. Ko‘krak qafasi uzayadi, ko‘krak qafasining hajmi kengayadi, bo‘y uzayadi, boshi gavdasiga nisbatan kichikroq bo‘lib qoladi. Bolada birinchi so‘zlar paydo bo‘lgandan so‘ng tayyorlov davri tugab, aktiv nutqni egallash davri boshlanadi. Bu vaqtda bola atrofdagilar artikulyatsiyasiga e’tibor beradi. U gapirayotganlar orqasidan so‘zlarni ko‘p marotaba takrorlaydi va o‘zi ham so‘zlarni talaffuz qiladi. Talaffuz vaqtida bola ba’zi tovushlarni noto‘g‘ri talqin etadi, o‘rnini almashtiradi yoki o‘z nutqida qo‘llamaydi. Bu vaqtda bola bir so‘z yoki tovushlar birikmasi bilan predmetni ham, iltimosni ham, his-tuyg‘uni ham ifodalashi mumkin. Bola hayotining 2-3 yiliga kelib, uning lug‘at boyligi sezilarli darajada boyib boradi. Shuni ta’kidlash kerakki, ko‘pgina xilma-xil tadqiqotchilar bola so‘z boyligining o‘sib borishida turli raqamli ma’lumotlarni ko‘rsatadilar. Eng keng tarqalgan ma’lumotga ko‘ra, bolalarning lug‘at boyligini bog‘chagacha bo‘lgan davrda o‘sishi quyidagi raqamlarni ko‘rsatadi: Ushbu davrda bolalarda kattalarning so‘zlarini faol takrorlash kuzatiladi. 1 yosh 1 oylikda: Bola oddiy gaplarni ishlata boshlaydi. Harakatlar bilan birga berilgan oddiy ko‘rsatmalarni tushuna boshlaydi (masalan: menga ber, dadang qayerda?, qo‘lingni ber); 1 yosh 3 oylikda: Bolaning so‘z boyligi 10 ta sozga yetadi, oddiy ko‘rsatmalarni yaxshi tushunadi; 1 yosh 6 oylikda: Bolaning so‘z boyligi 30 ta sozga yetadi; 1.5-2 yoshda: Bola tana qismlarini (boshingni ko‘rsat, burning qani) kabi savollarga tana qismlarini ko‘rsatib javob beradi. Ikki so‘zli iboralarni ishlatadi (masalan: oyi, ber!, dada, kel!). yoshda: Bola savollar berishni boshlaydi: bu nima?, qayerga?. So‘z boyligi kamida 50 ta so‘zdan iborat bo‘ladi. 2 yosh 3 oylikda: Bola chiroyli, katta, kichik sifatlarni, men, sen, u, ana, kabi olmoshlarni hamda bilan, lekin, va yordamchi so‘zlarni faol ravishda ishlata boshlaydi. Buning natijasida uch so‘zdan iborat jumlalar paydo bo‘ladi. 2 yosh 6 oylikda: Bola nutqida ko‘p so‘zli jumlalar paydo bo‘ladi: mening qornim ochdi, suv ichishni xohlayman va h.k Bola har xil vaziyatlardagi harakatlarni tushunadi. Masalan, kim o‘tirganini, kim uxlayotganini ko‘rsat. Oddiy gaplarning ma’nosini tushunadi: «Sen nimani yeyapsan?».

2 thoughts on “1 YOSHDAN 3 YOSHGACHA BOLALARNING RIVOJLANISH BOSQICHLARI

    1. Nega at an montassori

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar bilan belgilangan