(SDVG) Diqqat yetishmasligi va giperaktivlik

Diqqat yetishmasligi va giperfaollik sindromi (DYGS) bolalarda tez-tez uchraydigan nevrologik va xulq-atvor buzilishidir. U diqqatni jamlashdagi qiyinchiliklar, fe’l-atvorning buzilishi va giperaktivlik bilan tavsiflanadi. SDVG odatda maktabgacha va maktab yoshida namoyon bo‘ladi va ko‘pincha o‘g‘il bolalarda kuzatiladi.

Diqqat yetishmasligi va giperfaollik sindromi (DYGS) bolalarda tez-tez uchraydigan nevrologik va xulq-atvor buzilishidir. U diqqatni jamlashdagi qiyinchiliklar, fe’l-atvorning buzilishi va giperaktivlik bilan tavsiflanadi. Kasallik odatda maktabgacha va maktab yoshida namoyon bo‘ladi va ko‘pincha o‘g‘il bolalarda kuzatiladi.

Sabablari:

Diqqat yetishmasligi va giperaktivlik sindromi (DYGS) sabablari quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin:

  • Irsiy moyillik
  • Bosh miya funksiyalariga ta’sir qiluvchi neyronlar muvozanatining buzilishi
  • Oila yoki jamoadagi salbiy vaziyat
  • Asfiksiya yoki bosh miya jarohati kabi tug‘ruqdagi jarohatlar
  • Homiladorlik paytida onaning olgan jarohati yoki yuqumli kasalliklari
  • Chaqaloqlikda isitma bilan kechuvchi kasalliklar

Diqqat etishmasligi giperaktivlik buzilishining belgilari:

Diqqat yetishmasligi va giperfaollik sindromi (DYGS) belgilari quyidagilardan iborat:

  • Giperaktivlik
  • Unutuvchanlik
  • Ortiqcha hovliqish
  • Impulsivlik
  • O‘tirmaslik
  • Konsentratsiyaning yo‘qligi
  • Yig‘loqilik
  • Yuqori asabiylik
  • Diqqatning pasayishi
  • Yangi ko‘nikmalarni o‘zlashtirishdagi qiyinchiliklardan iborat.

    Diagnostika

    Diqqat yetishmasligi va giperfaollik sindromini (DYGS) tashxislash uchun quyidagilar talab qilinadi:

    • Nevropotog-psixolog, defektolog ko’rigi va maslahati: suhbat o‘tkazish va sabablarni aniqlash va simptomlarni aniqlash uchun psixologik va amaliy testlardan foydalanish.
    • Qo‘shimcha ravishda nevrolog maslahati va ahvolni aniqroq baholash uchun to‘liq nevrologik tekshiruv talab qilinishi mumkin.

    Diqqat etishmasligi giperaktivlik buzilishini korreksiya qilish:

    Diqqat yetishmasligi va giperfaollik sindromini (DYGS) korreksiya qilish uchun quyidagi usullar qo‘llaniladi:

    • Bilogik faol qo’shimchalar;
    • Antidepressantlar;
    • Defektolog va neyropsixolog mashg’ulotlari;

    Oilaviy muhitni meyorlashtirish va ta’lim olish shart-sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha tadbirlar ham muhim ahamiyatga ega. DYGS korreksiyasi odatda kompleks yondashuvni talab qiladi.

    Xavfli tomonlari:

    Diqqat yetishmasligi va giperfaollik sindromi (DYGS) o‘z vaqtida davolanmasa, bolalarda aqliy rivojlanishning buzilishi va katta yoshda davom etadigan muammolar paydo bo‘lishi mumkin. DYGS bilan kasallangan kattalarning 30-70% ga yaqini ularning hayotiga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan alomatlarni boshdan kechirishda davom etadi.

    Oldini olish

    Diqqat yetishmasligi va giperfaollik sindromi (DYGS) profilaktikasi uchun quyidagilar tavsiya etiladi:

    • Oilaviy nizolar yuzaga kelganda psixologga murojaat qilish.
    • Kichik yoshdan boshlab bola bilan diqqatni rivojlantiruvchi o‘yinlar bilan shug‘ullanish.
    • Ayollar homiladorlik paytida ehtiyotkor bo‘lishlari, jarohat va kasalliklarning oldini olishlari va boshqalar

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar bilan belgilangan