Bolalarda nutqning yo‘qligi va kechikishining sabablari.

Bolalarda nutqning yo‘qligi va kechikishining sabablari.
Nutq rivojlanishi me’yorlariga ko’ra, qiz bolalarda 1 yoshdan o‘g‘il bolalarda esa 1,5 yoshdan ilk nutq elementlari paydo bo‘lishi kerak. Lekin har bir bolaning individual rivojlanishi hususiyatlarini inobatga oladigan bo‘lsak o‘rtacha 2 yoshda bolalar o’z nutqi orqali ehtiyojlarini atrofidagilarga tushuntira olishlari kerak.
“Nutq buzilishlarining bir qator omil va sabablari mavjud bo’lib biz farzandimizni nutqi chiqmasligini uy sharoitida aniqlashimiz murakkabdir. Bola nutqining orqada qolishida bir qancha sabablar mavjud bo‘lib, hozir ushbu sabablarni ko‘rib chiqamiz:

  1. Fiziologik sabablar:
  • Eshitish qobiliyatining pastligi yoki karlik;
  • Artikulatsion apparat (Til yoki lab tuzilishidagi nuqsonlar);
  • Asab tizimining yetarli rivojlanmaganligi;
  • Miyadagi nutq (broko) va eshituv (vernike) markazlari faoilyatidagi buzlishlar;
  • Artikulatsion apparat va markazni bog‘lab turuvchi o‘tkazuvchi yo‘llardagi muommolar;

2 .Psixologik sabablar:

  • Stress holatlar;
  • Oiladagi nosog‘lom muhit;
  • Oiladagi ikki yoki undan ko‘p tillardagi muloqat;
  • Ortiqcha g’amxo’rlik (giperopeyka);
  • Bolaning o’ziga ishonchining pastligi;

3 .Ijtimoiy sabablar:

  • Muloqotning yetishmasligi;
  • Gadjetlarga, Tv multfilmlarga keragidan ortiq bog’lanib qolish;
  • Oilaviy munosabatlarda bolaga e’tibor qaratmaslik;
  • Tengdoshlar bilan muloqot yo’qligi;
  • Ijtimoiy muhitning cheklanganligi;

4 .Tashqi omillar:

  • Homiladorlik davridagi muammolar;
  • Tug’ilish paytidagi jarohatlar;
  • Ilk davrlardagi yuqimli kasaliklar;
  • Bosh miyaning jarohatlari;
  • Dori vositalarining salbiy ta’siri;

Yuqorida keltirib o‘tilgan sabablar oqibatida nafaqat, bolada nutqning kechikishi balki, ZPR (ruhiy rivojlanishda sustlashganlik) holati ham kelib chiqishi ehtimoli yuqoridir. Agar biz ota-onalar bolaning nutqni chiqishini kutib o‘tiradigan bo‘lsak (2 yoshdan keyin) psixologik muammolar ko‘payib boradi. Hissiyiy-irodaviy soha tobora ko’proq buziladi, bolaning xulq-atvori yomonlashadi, oliy psixik funktsiyalar – xotira, diqqat, tafakkur, idrok etish hususiyatlari tengdoshlaridan sezilarli darajada orqada qola boshlaydi. Shu sababli bolaga erta tashxis qo‘yish va nuqsoni bartaraf etish maqsadida ilk yoshlarida 2-3 yoshda bolani nevrolog va logoped ko‘riga olib borish maqul sanaladi. Agar bolaga yuqoridagi salbiy omillar tasir qilib uzoq vaqt davomida bolaning nutqida muommolar kuzatilsa, 6-7 yoshdan keyin nevrologlar bolaga ikkilamchi pasaygan intellekt ya’ni ZPRR ya’ni Nutq va psxikaning orqada qolishi tashxisini qo‘yishadi. Logopedik mashg’ulotlarni erta o‘z vaqtida boshlash esa, bizga nuqsoni mustaqil bartaraf etish, salbiy omillardan bolani holos etish yo‘llarni topishimizga imkon beradi.
Ba’zi ota-onalar farzandi nima uchun gapirmayotkani aniqlash maqsadida yillab shifokorlar bo’ylab yugurishadi, ko’plab keraksiz, qimmat tekshiruvlar o’tkazishadi, va shifokorlar tomonidan qo‘yilgan jiddiy tashxislarning omillari boshqa bo‘lib ham chiqadi. Masalan :Autistik spektr buzilishi, autizm, atipik autizm tashxisi qo’yilgan bolalarning asli 30% alaliyaning motor va sensor,sensomotor buzulishi mavjud bolalar bo‘lib ular no’tog‘ri qo’yilgan tashxis qurboniga aylanishadi. Sababi bu ikki tashxis o’rtasida bir qator o’xshashliklar mavjud. Shifokorlar tomonidan qo‘yilgan tashxislarning chora tadbirlari dori-vositalari orqali davolash usullarga tayanilgan bo‘lganligi sababli boladagi nutq kamchiligi butkul bartaraf etilmay qoladi. Qachonki, 5-6 yoshda logopedga murojaat qilishganida, ko’p hollarda logopeddan: “Farzandingizni tengdoshlariga yetkazib olishimiz uchun bizga vaqt kerak,nega Bolani avvalroq olib kelmadingiz” degan gapni eshitishadi. Natijada logopedlar o’z vaqtida bartaraf etishi mumkin bo‘lgan nuqsoni boy berilgan vaqt va notog‘ri tashxis oqibatida, qisqa vaqtda yuqori natija ko‘rsatib bera olishmaydi. Sababi nutq kamchiliklarini bartaraf etishda logopedik mashg’ulotning o‘rni beqiyosdir.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar bilan belgilangan