1 oylikda: Bola ogriq, noqulaylik, ochlik yoki norozilikni faqat yiglagan holda bildiradi. Ota-onasi muammoni bartaraf qilganda (ovqatlantirish, qolga olish, muloyim gaplashish, pampersni almashtirish) tinchlanadi;
2 oylikda: Bola tabassum qila boshlaydi va ota-onasi gapirganda kula boshlaydi;
3 oylikda: Hayajon kompleksi paydo boladi. Kattalar bolaning oldiga kelib, gapira boshlaganda, bola qollarini va oyoqlarini faol harakatlantiradi, tabassum qiladi va kuladi;
4 oylikda: Bola ismi bilan chaqirilganda qaraydi, atrofidagilar oynatganda xursand boladi, yolgiz qolganida yiglaydi;
5 oylikda: Bola ovoz chiqayotgan tomonga qaraydi, yaqinlarini taniydi va ularga qollarini chozadi;
6 oylikda: Bola qollarini chozib, uni qolga olishlarini xohlaydi, oyinchoqlarini olib qoyganda yiglaydi;
7 oylikda: Bola kattalarning nutqidagi quvnoq va jiddiy ohanglarni farqlay boshlaydi, ota-onasiga talpinib, mehrini namoyon qiladi;
8 oylikda: Bola atrofdagilarni qiziqish bilan kuzatadi va yonidan onasi yoki otasi ketganda yiglay boshlaydi;
9 oylikda: Bola oyin va ovqatlarga nisbatan munosabatini, yani yoqqani yoki yoqmaganini bildira oladi;
10 oylikda: Bola maqtovlarni, erakalashlarni bemalol tushunadi;
11 oylikda: Bola ota-onasi qilgan harakatlarni takrorlashga harakat qiladi;
12 oylikda: Bola ota-onasini quchoqlaydi va opadi, ota-onalari kulganda javob qaytaradi va qiziqish bilan kozgu oldida oz aksini koradi va oynaydi.