3-7 YOSHGACHA BOLANING NUTQIY VA PSIXIK RIVOJLANISH BOSQICHLARI


Uchinchi davr- maktabgacha bolgan davr. (3 yoshdan 7 yoshgacha).
Maktabgacha bolgan davrda bolalar birinchi navbatda artikulyatsion jixatidan oson talaffuz etiladigan: lab-til undoshlari (p, b, m, f, v ) va boshqalarni organa boshlaydilar. Artikulyatsion jixatidan talaffuzuz etish qiyin bolgan: shivirlovchi, sirgaluvchi (s, z, sh, j, ch ) va sonor (r, l)til orqa (k, g) tovushlarni talaffuzini egallashga qiynaladilar. Shuning uchun bolalar bu tovushlarni nutqda notogri qollaydilar yoki talaffuzuz etmaydilar. 3-7 yoshgacha bolgan davrda bolalarda eshitish malakalari rivojlanib boradi, bu esa bolaning ozi talaffuzini nazorat qilishga imkoniyat yaratadi. Bazi xollarda bolalar oz kamchiligini togrilaydilar. Ularda fonematik idrok shakllanib boradi.
Bu davrda lugat boyligining osishi davom etadi. Bolaning 4-6 yoshida uning aktiv lugati 3000-4000 ta sozgacha yetadi. Lugat boyligi osib borishi bilan birgalikda nutqning grammatik tomoni ham rivojlanib boradi. Bola xayotining 4-yiliga kelib, ular oz nutqlarida sodda va murakkab gaplarni qollay boshlaydilar. 5 yoshga kelib esa qoshma gaplardan erkin foydalana oladilar. 5 yoshli bolalar qoshimcha savollarsiz xikoya va ertaklarni aytib berish qobiliyatiga ega boladilar. Bu davrda fonematik idrok sezilarli darajada rivojlanadi.
Bola avval unli va undoshlarni, song sonor, shovqinli va sirgaluvchi tovushlarni ajrata boshlaydi. Normada 4 yoshli bola barcha tovushlarni ajrata olishi, unda fonematik idrok shakllangan bolishi lozim. Bu vaktga kelib, tovushlarni togri talaffuz ozining shakllanishi tugallanadi va bola har tomonlama togri aniq gapira oladi.
3 yoshda: Soz boyligi 800 ta sozga yetadi va 5-6 ta sozdan iborat jumlalarni ishlata oladi. Bola oz ismini, jinsini va yoshini ayta oladi. Oddiy jumlalarni yaxshi tushunadi. Masalan, kitobni stol ustiga qoy, qoshiqni kosaga sol kabi topshiriqlarni bajara oladi. Bola qisqa hikoya va ertaklarni rasmlar orqali yoki rasmlarsiz tushunadi va ularga oid savollar bera oladi.
4-5 yoshda: Bolaning soz boyligi 1500-2000 taga yetadi. Bolalarcha harflarni yumshatib gapirishi yoqoladi (topto orniga koptok, yigayapti orniga yiglayapti kabi). 4-5 yoshdagi bolalarning meyorida nutqiy rivojlanishi natijasida ularning lugatida koproq sifatlar paydo boladi. Sababi, bola nutqida buyumlarning sifatlari va belgilari aniqroq ifodalanadi. Narsa buyumning rangi endi faqat kok va qizil emas, balki pushti, binafsha, moviy va toq sariq ham bolishi mumkin. Koplik qoshimchalaridan foydalana oladi (mevalar, ortoqlarim, qalamlar kabi).
5-7 yoshli bolalarning nutqiy rivojlanishining oziga xos xususiyatlari
7 yoshga kelib bolaning soz boyligi 3500 ta sozga yetadi. Bunda mazmunli sozlar soni kopayadi. Bolada tilga bolgan etibor oshadi. Atrof-muhitni soz bilan baholay olish qobilyati shakllanadi. Bolaning psixologik holati maktabga tayyor boladi
Biz siz bilan 0-7 yoshgacha bo‘lgan bolalarning nutqiy rivojlanishini ko‘rib chiqdik va xulosa o‘rninda shuni ayta olamiz-ki, Agar siz farzandingizning meyorida rivojlanish meyorlarini bilsangiz, bu farandingizdagi meyordan orqada qolishlar yoki biror bir nuqsoni erta aniqlashga va o‘z vaqtida bartaraf etishga zamin yaratadi. Farzandingizning rivojlanishi boyicha shubhalaringiz bolsa, mutaxassisga murojaat qilishdan tortinmang, farzandingizning soglom kelajagini taminlang.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar bilan belgilangan